Grafik karta Gigabyte GeForce RTX 5080 16GB GAMING OC DDR7
NVIDIA GeForce RTX 5080 GPU, 16GB GDDR7 xotira, 256-bitli shina, WINDFORCE uch ventilyatorli faol sovutish tizimi bilan.
Gigabyte GeForce RTX 5080 GAMING OC 16G — eng so‘nggi NVIDIA Blackwell arxitekturasiga asoslangan yuqori unumdorlikdagi grafik karta bo‘lib, zamonaviy o‘yinlar va professional vazifalarni maksimal aniqlik va tezlikda bajarish uchun mo‘ljallangan.
Karta 16GB tezkor GDDR7 videoxotira va 256-bitli xotira shinasi bilan jihozlangan, bu esa yuqori chastotali o‘yinlarda va murakkab render vazifalarida barqaror ishlashni ta'minlaydi. Ray Tracing va DLSS texnologiyalari yorug‘lik effektlarini real vaqt rejimida fotorealistik darajada ko‘rsatish va kadr tezligini sun'iy intellekt yordamida oshirishga imkon beradi.
WINDFORCE uch ventilyatorli sovutish tizimi va kengaytirilgan radiator yuqori yuklama ostida ham GPU haroratini past darajada ushlab turadi, bu esa uzoq muddatli barqarorlik va sokin ishlashni kafolatlaydi.
Zamonaviy videovyxodlar orqali yuqori piksel zichligidagi monitorlarga ulanish imkonini beruvchi bu videokarta — kuchli o‘yin kompyuterlari va ijodkorlik stansiyalari uchun ajoyib tanlov.