So'ngi Yangiliklar

03.07.2021

PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR, DOKTORANTLAR, MAGISTRLAR, TALABALAR DIQQATIGA!

21 - noyabr kuni soat 16:00da universitet katta majlislar zalida IT Park mutaxassislari tomonidan “Open Data Challenge 2019” xakatoni bo‘yicha talabalar bilan uchrashuv o‘tkaziladi. Barcha talabalarni ushbu uchrashuvga taklif etamiz! TATU matbuot xizmati

Batafsil
30.06.2021

TATUDA "SPACECOM" LOYIHASI ISHTIROKCHILARI BILAN UCHRASHUV BOʼLIB OʼTDI

20 - noyabr kuni TATUda Yevropa Erasmus + dasturining "SPACECOM" loyihasi ishtirokchilari, koordinatorlari bilan birinchi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda sakkizta mintaqaviy tashkilot vakillari va Evropa hamkorlarining ikki vakili - Berlin texnika universiteti va Germaniyaning EXOLAUNCH kompaniyasi vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda loyiha taqdimoti boʼlib oʼtdi va ishtirokchilarga loyihani amalga oshirish uchun asosiy vazifalar belgilab olindi. TATU matbuot xizmati

Batafsil
30.06.2021

PROFESSOR-OʻQITUVCHILAR, DOKTORANTLAR VA MAGISTRLAR DIQQATIGA!

Sizni Allamuratova Zamira Jumamuratovnaning 05.04.01 – «Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash» ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan «Telekommunikatsiya tizimlarining electromagnit xavfsizligini geoaxborot texnologiyalari asosida baholash usullari» mavzusidagi dissertatsiyasining himoyasiga taklif etamiz. Ilmiy maslahatchi: t.f.d. dotsent. J.X.Djumanov Dissertatsiya himoyasi 2019 yil 26 noyabr kuni soat 14:00 da TATU kichik majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil

Yo'nalishlar

Kompyuter injiniring

Kompyuter injiniringi fakulteti 2013 yil 26 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining №PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Axborot texnologiyalari” fakulteti negizida tashkil topgan. Xozirgi kunda fakultetda 80 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishadi.

Dasturiy injinirng

“Dasturiy injiniring” fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2013 yil 26 martdagi PQ-1942 “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini kelgusida takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar haqida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.

Axborot xavfsizligi

TATUda “Axborot xavfsizligi” fakultetini tashkil etish masalasi 2016 yil 18 iyuldagi 3-son bayonini va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 2016 yil 29 avgustdagi 1(661)-son Kengashining universitet tashkiliy tuzilmasiga o‘zgartirish kiritish masalasi bo‘yicha Qarori asosida “Kompyuter injiniringi” fakulteti tarkibidagi “Axborot xavfsizligi” kafedrasi “Axborot xavfsizligi” fakulteti tarkibiga o‘tkazildi.

Telekommunikatsiya texnologiyalari

"Telekommunikatsiya" fakulteti mutaxassislar tayyorlashni (ta'lim yo‘nalishi va mutaxassisliklar bo‘yicha) ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiradi. Fakultet ta’lim, fan va ishlab chiqarish intergatsiyasini kengaytirish va mustahkamlash maqsadida yirik soha korxonalari (TShShT, ToshTTS, UzNET) qoshida fakultet kafedralarining filiallari ochilgan.

Televizion texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samardorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PP-1088 01.04.2009 yil va №PP-1123 04.06.2009 yilgi qarorlari asosida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi “Televizion texnologiyalar” fakulteti tashkil etildi.

TATU-BGUIR qo'shma axborot texnologiyalari

2018 yil 13 sentyabrdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Belorussiya davlat axborot texnologiyalari universiteti o‘rtasida axborot va radioelektronika universiteti va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, qo‘shma fakultet tashkil etish va oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha bitim asosida tashkil etilgan

Universitet haqida

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sobiq Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) 1955 yilda tashkil topgan. 2002 yil 30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PF-3080 Farmoniga binoan Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirildi. 2005 yil 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-91 sonli Qaroriga TATUning Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida mintaqaviy filiallar tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-1942 sonli qaroriga muvofiq so‘ngi yillar ichida xalqaro standartlari darajasida AKT sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini mutlaqo yaxshilash bo‘yicha bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Universitet va uning mintaqaviy filiallari tarkibida 13ta fakultet, 62 ta kafedra mavjud bo‘lib, ta’limning 23 yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan bakalavriatning 8 yangi yo‘nalishi va magistraturaning 9 yangi mutaxassisligi bo‘yicha kadrlarni tayyorlanadi.

Universitet va uning mintaqaviy filiallarida 10242 talaba tahsil oladi, jumladan 9858 bakalavriat talabalari va 384 nafar magistrantlar tashkil etadi. So‘nggi yil ichida Universitet 1 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 5 nafar talaba Davlat nomli stipendiyasi, 32 nafar talaba aloqa sohasi stipendiyasi hamda 44 talaba respublika fan olimpiadalari va tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallashdi. Universitetda 780 ta professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shulardan 204 ta fan nomzodlari va dotsentlar. Ilmiy darajaga ega o‘qituvchilar umumiy sonidan 31% tashkil etadi.