TATUDA "SPACECOM" LOYIHASI ISHTIROKCHILARI BILAN UCHRASHUV BOʼLIB OʼTDI

20 - noyabr kuni TATUda Yevropa Erasmus + dasturining "SPACECOM" loyihasi ishtirokchilari, koordinatorlari bilan birinchi ishchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda sakkizta mintaqaviy tashkilot vakillari va Evropa hamkorlarining ikki vakili - Berlin texnika universiteti va Germaniyaning EXOLAUNCH kompaniyasi vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuvda loyiha taqdimoti boʼlib oʼtdi va ishtirokchilarga loyihani amalga oshirish uchun asosiy vazifalar belgilab olindi. TATU matbuot xizmati