TATUDA AMALIY LOYIHA DOIRASIDAGI ILMIY-AMALIY SEMINAR BOʼLIB OʼTDI

29 - noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zbekistonda zamonaviy AKTlarni tadbiq etish muammolari va unda axborotlashgan iqtisodiyotning o‘rni” mavzusida olib borilayotgan tadqiqot ishlarining rejasiga muvofiq, amaliy loyiha (BV_Atex-2018-2737) doirasida “O‘zbekistonda raqamli (axborotlashgan) iqtisodiyotning zamonaviy holati” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari tashkil etildi. Seminarda respublikamizning turli institut va tashkilotlaridan taklif etilgan olimlar, soha mutaxassislari, korxona raxbarlari va TATU professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Seminar o‘z oldiga O‘zbekistonda raqamli (axborotlashgan) iqtisodiyotning zamonaviy holati, mamlakat iktisodiyoti rivojlanishida axborotlashgan iqtisodiyotning roli, shuningdek, O‘zbekistonda raqamli (axborotlashgan) iqtisodiyotning holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib chiqib, olimlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari bilan fikr almashish va tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lib, xulosalar qilish maqsadini qo‘ydi. TATU matbuot xizmati